O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.N.Nematjonovning navbatdagi fuqarolar bilan qabuli bo'lib o'tdi

Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida doimiy ravishda fuqarolarni murojaatlari bo‘yicha qabullar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari -Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.N.Nematjonov tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Unda 17 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganildi. 

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech