O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyati IIBda “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar“ mavzusiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

So‘nggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dasturulamal amal bo‘la oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning quyi tizimdagi xodimlari o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik G‘olibjon Nabiyev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ilhom Fayzullayev, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi ishtirok etib yig‘ilish qatnashchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston respublikasi IIVning 2024 yil 26 fevraldagi “Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 101-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech