Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qonliko‘l tumanidagi vaziyat o‘rganildi
Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qonliko‘l tumanidagi vaziyat o‘rganildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2020 yilning 17 dekabr' kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari M.T.Raxmatullaev tomonidan Qonliko‘l tumani faollari bilan birgalikda joriy yilda ushbu tumanda sodir etilgan jinoyatlar keng tahlil qilinib, mazkur jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlari o‘rganildi hamda kelgusida jinoyatlarning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.
Jumladan, tumanning “Navruz” OFY hududida joriy yilning 14 dekabr' kuni “Neksiya-3” rusumli avtomashina ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar fuqarolarning vafot etishiga sabab bo‘lgan jinoyat muhokama qilindi. Muhokama davomida, ushbu mahalla aholisi ushbu yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyda, piyodalar o‘tish yo‘lakchasini tashkil qilishda amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qilishdi,ushbu murojaat bo‘yicha tuman hokimiyati, tuman IIB hamda tumanning yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi vakillari bilan birgalikda hodisa joyiga borilib, u yerda piyodalar o‘tish yo‘lakchasini tashkil qilish belgilanib, ijrosi nazorat olindi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullaev tomonidan tuman IIBning shaxsiy tarkibi bilan yig‘ilish o‘tkazilib, unda xodimlar orasida ijro intizomiga rioya qilinishi va qonun buzilishi holatlari muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti