O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida navbatdagi virtual qabul

Kuni kecha Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida Andijon, Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qiynab kelayotgan tergovga oid masalalar tinglandi.

O‘tkazilgan qabulda jami 6 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi xodimning noo‘rin xatti-harakatlaridan norozilik masalasida, 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasi, 3 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasi hamda 1 tasi murojaati to‘liq ko‘rib chiqilmayotganligidan norozi bo‘lgan fuqaroning murojaati eshitilib, ular sinchkovlik bilan muhokama qilindi.

Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etilib, 1 tasi bo‘yicha muallifga tushuntirish berilda va qolgan 3 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaatlari ijroga qaratilib, nazoratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech