O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida sentyabr oyining 20 kunida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi hamda xodimlarning bilim saviyasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Bugun, Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O. Jalolov raisligida tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sentyabr oyining o‘tgan davrida bajarilgan ishlar hududlar kesimida tahlil etilib, tanqidiy muhokama etildi hamda 3-chorakni ijobiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlash borasida viloyatlar tergov boshqarmalari boshliqlariga topshiriqlar berilib, qator vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida Oliy sud Plenumining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi podpolkovnik A.Zokirov maʼruzasi tinglanib, Plenum qarorini amaliyotda qo‘llash borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muhim masalalar muhokama etildi, mashg‘ulot yakuniga ko‘ra tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech