O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karantin davrida jinoyat ishlari bo'yicha tergov harakatlarini o'tkazish maksimal darajada kamaygan.

Yurtimizda 2020 yilning 24 mart kunidan buyon Respublika maxsus komissiya tomonidan “Covid-19” virusining tarqalib ketishining oldini olish maqsadida bir qancha cheklovlar belgilanib kelinmoqda. Cheklovlar doirasiga fuqarolarimizni zaruratsiz uylaridan ko'chaga chiqmasliklari, jamoat va shaxsiy avtotransport vositalari (maxsus stiker berilganlari bundan mustasno) harakatini to'xtatish, umumiy ovqatlanish va jamoatchilik ko'ngil ochar joylarini faoliyatini to'xtatish va yana boshqa shu kabi kasallikni yuqishini oldini olishga qaratilgan cheklovlar kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalari, shu jumladan tergov izolyatorlariga kirish-chiqish, muassasada saqlanayotgan va u erga kiruvchi fuqarolarning xavfsizligi nuqtai nazaridan vaqtincha to'xtatilgan bo'lib, yurituvdagi barcha tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda jinoyat ishlari bo'yicha faqat kechiktirib bo'lmaydigan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlarini qonunchilikka qat'iy rioya qilngan holda amalga oshirilmoqda.
Tergov harakatlari o'tkazish uchun chaqirtirilgan protsess ishtirokchilari bilan faqatgina zaruriy tergov harakatlarini karantin qoidalariga asosan, maxsus himoya-gigiena vositalaridan foydalanib amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Hukumatining koronavirus infektsiyasini keng tarqalishining oldini olish borasida qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etgan holda, ichki ishlar organlarining tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirishga mas'ul bo'lgan bo'linmalari tomonidan fuqarolarni maksimal darajada chaqirmaslik choralari ko'rilishi bilan birga, karantin talablariga qat'iy rioya etish, o'z xavfsizligi va boshqalar xavfsizligini o'ylagan holda uyda qolishlari borasida tashviqot-targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Bugun kunda jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini karantin yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda to'xtatish haqidagi normani qonunchilikka kiritish yuzasidan taklif berilgan bo'lib, hozirda ushbu qonun loyihasi muhokama jarayonida hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
 
Text to speech