Tergov departamentida navbatdagi o’quv-seminar mashg’uloti o’tkazildi
Joriy yilning 19 oktabr kuni Tergov departamentida “Diniy ekstremizm, terrorizm va ularning ko’rinishlari bilan bog’liq jinoyatlarni tergov qilishning o’ziga xos xususiyatlari, protsessual harakatlarni o’tkazish tartibi hamda amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularni hal etish yo’llari” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, Oliy sud sudyasi O.Ismoilov, Bosh prokuratura 16-boshqarma bo’lim prokurori M.Sadikov, “Ganjina Barokat” advokatlik byurosi advokati G.Sharipova va IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida Tergov departamenti katta tergovchisi N.Boltayev “Diniy ekstremizm, terrorizm va ularning ko’rinishlari bilan bog’liq jinoyatlarni tergov qilishning o’ziga xos xususiyatlari, protsessual harakatlarni o’tkazish tartibi hamda amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularni hal etish yo’llari” mavzusida ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, ishtirokchilar diniy ekstremizm, terrorizm va ularning ko’rinishlari bilan bog’liq jinoyatlarni tergov qilishning o’ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.
Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti