Tergovchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda erkin foydalanish maqsadida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarining malakasini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini yana-da oshirish maqsadida, joriy yilning 11 mart kuni “Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilishga ixtisoslashtirilgan malakali tergovchilarni tayyorlash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi farmoyishga asosan Tergov departamentida rejalashtirilgan o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Transportda XTBB huzuridagi Tergov boshqarmalari va quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan jami 15 nafar xodimlari ishtirok etdi.
O‘quv jarayonlari kunning birinchi yarimida nazariy (IIVning boshqa sohaviy xizmatlari, vazirlik va idoralar belgilangan xodimlar taklif etilib, umumiy tushunchalarni yetkazish va munozaralar tashkil etish), ikkinchi yarimida esa amaliy mashg‘ulotlar (Tergov departamenti Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi xodimlari ish yurituvidagi jinoyat ishlari yuzasidan tergov harakatlari olib borishni o‘rganish, ularda ishtirokini taʼminlash) tarzida tashkil etildi.
Shuningdek, o‘quv jarayonlarini yana-da qiziqarli va munozarali o‘tkazish maqsadida tergov xodimlarini belgilangan jadval asosida IIVning boshqa sohaviy xizmatlar hamda vazirlik va idoralar bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida, aynan ular joylashgan binolarga borilib, ish jarayonlari, shuningdek jinoyatlarni tergov qilishda mavjud imkoniyatlarini o‘rganib borish tashkil etildi.
Joriy yilning 18 mart kuni o‘quv mashg‘ulotlari yakunlanib, munosib ishtirok etgan tergov xodimlariga sertifikatlar topshirildi.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
kapitan S. Sobirjonov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti