O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyati IIBBda “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan salbiy holatlar” mavzusiga bagʻishlangan tanqidiy ruhda yigʻilish boʻlib oʻtdi

Soʻnggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tizimda amalga oshirilayotgan saʼyharakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haqhuquqlari yoʻlida dasturulamal boʻla oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Albatta bu yoʻnalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi.

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasida viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning quyi tizimdagi xodimlari oʻrtasida «Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar» shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bagʻishlangan tanqidiy yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik Gʻolibjon Nabiyev, viloyat IIBB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Ahmadjon Pulatov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, yigʻilish qatnashchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston respublikasi IIVning 2024 yil 26 fevraldagi «Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi 101-sonli buyrugʻida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.

Text to speech