HURMАTLI TАDBIRKORLАR !!!
Koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish boʼyicha Respublika maxsus komissiyasining yigʼilish bayoniga koʼra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xoʼjaligi texnikalari, shuningdek, mavsumiy qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yoʼlovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.
Аgar, Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni tashish yoki yoʼl - patrulь xizmati statsionar postlaridan oʼtishda turli koʼrinishdagi toʼsqinlik yoki cheklovlarga duch kelsangiz:
Zudlik bilan, “71. 267-65-30”, “71. 267-60-10” va “71. 267-63-58” telefon raqami orqali Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʼl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan tezkor shtabga murojaat qiling.
Shu bilan birga, ushbu masalada Ichki ishlar vazirligining “1102”, Bosh prokuraturaning “1007” yoki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining “1100” qisqa raqamli “ishonch telefon”lariga ham murojaat qilishingiz mumkin.
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi.