O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida tergov tizimi tergovchi va surishtiruvchilarining navbatdagi malakasini oshirish o‘quv kursi yakunlandi
O‘quv kursi davomida tinglovchilar tergovni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga, ularning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga so‘zsiz rioya qilish ko‘nikmasini mustahkamlash, tergovchilarning bilim va malakasini oshirishda innovatsion texnika va vositalardan foydalanish hamda yangi ish usullarini o‘rgatish, tergovchilarning o‘ta murakkab, shu jumladan, uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bo‘yicha malakasini oshirishdilar.
Bitiruv marosimda Malaka oshirish instituti boshlig‘i, T.F.N., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov, Vazirlik mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar, masʼul xodimlar, Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq ) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanish uchun mahsus malaka oshirish kursi, Safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimiga tayinlanish uchun qayta tayyorlov o‘quv kurslari hamda boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv yig‘ini tinglovchilari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Institut boshlig‘i, T.F.N., dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov, - Bugungi kunda mamlakatimizda soha xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli ichki ishlar organlari saflarida chuqur bilim va tafakkurga ega, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual jihatdan yetuk professional mutaxassislar bilan jamlashga alohida ahamiyat berilayotganligini taʼkidladi va tinglovchilarni tabrikladi.
Tantanali tadbirda o‘quv reja va dasturlar talablarini to‘liq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati