O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat intizomi qonuniylikni ta’minlash yuzasidan muhokama yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti, ShXBB Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Tergov boshqarmasi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi hamda quyi tizimida mazkur sohalarda xizmat qilayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

Videoselektor tarzida tashkil etilgan tadbirda Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.Sattarov so‘z olib, o‘tgan davr mobaynida tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, ekspert kriminalistika sohalarida erishilgan yutuqlar bilan birgalikda, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar ham mavjudligini ta’kidlab, eng avvalo xizmat intizomi va qonuniylikka so‘zsiz amal qilish, bu orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib himoya qilish zarurligini e’tirof etdi.

Shuningdek, IIV huzuridagi Tergov departamenti mas’ul xodimi, podpolkovnik G‘.Nabiev tomonidan ishtirokchilarga korrupsion va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual harakatlarni qonun talablari asosida olib borishlari lozimligi tushuntirildi.

Yig‘ilish so‘ngida, sohalar kesimida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan topshiriqlar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Text to speech