Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig'i tomonidan sayyor qabul o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko'rsatmasiga asosan, joriy yilning 16 noyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB boshlig’i o’rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sharipov tomonidan Oq oltin tumani aholisi bilan sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul jarayonida jami 12 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 5 tasi qanoatlantirildi, 3 nafar fuqaroning murojaati ijroga qaratilib, nazoratga olindi va 4 ta murojaat bo’yicha tushuntirish berildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Sirdaryo viloyati IIB boshlig’i o’rinbosari Sh.Sharipov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti