O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda sayyor qabullar boshlandi

Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. mayor F.I.Xodiyev tomonidan 24.10.2020 yilda Buxoro shahrida joylashgan 3-sektor binosida shahar aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda 14 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar mazmunan tahlil qilinganida: 3 tasi jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni undirilishida amaliy yordam berish, 2 tasi qo‘llanilgan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasini ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasiga o‘zgartirish, 4 ta murojaat jarima maydoniga joylashtirilgan avtomobilni chiqarishda amaliy yordam berish, 1 ta murojaat eʼlon qilingan ayblovni o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish, 4 ta murojaat esa o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv yakuni bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni Tergov boshqarmasida o‘rganib, qonuniyligini tekshirib ko‘rish haqida ekanligi aniqlandi.

Murojaatlarning 6 tasi joyida hal qilindi, 3 tasi bo‘yicha murojaat muallifiga tushuntirish berildi va 5 ta murojaat yurituvga olinib, tekshirib ko‘rish maqsadida xodimlarga topshiriqlar berildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i V.V.b. mayor F.I.Xodiyev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech