Farg’ona viloyatida gaz to'planib sizib chiqishi natijasida chaqnash sodir bo’lgan va dastlabki ma'lumotga asosan bir nafar shaxs jarohat olgan.
Bugun, 2019 yil 18 noyabr kuni soat taxminan 12:00da Farg’ona viloyati Oltiariq tumani Х.Olimjon mahallasidagi ikki qavatli uylarning birida gaz toʼplanib chaqnashi natijasida portlash sodir boʼlgan. Oqibatda 1 nafar fuqaro I.X. jarohat olgan.
Hodisa sodir boʼlgan joyiga zudlik bilan yetib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda.
Holat bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti