O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Vazir o‘rinbosari R.Ashropovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik R.Ashropovning fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida jami 46 nafar fuqarodan kelib tushgan 38 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 27 tasi tergov va surishtiruv faoliyatiga oid bo‘lib, qolganlari tergovga qadar tekshiruv, xodimlarning xatti-harakatlari, jazoni ijro etish hamda boshqa masalalarni tashkil etdi.

Qabul jarayonida Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi bir nafar fuqarodan avval yo‘llagan murojaati ijobiy hal etilgani munosabati bilan minnatdorchilik xati ham kelib tushdi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida vazir o‘rinbosari hamda masʼul rahbar va xodimlar tomonidan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot o‘tkazildi. Natijada murojaatlarning 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha ariza mualliflariga malakali huquqiy maslahatlar berildi. Qolgan 26 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish talab etganligi sababli belgilangan tartibda ijroga yo‘naltirilib, ularning o‘z vaqtida, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar va shaxsiy qabullar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Tergov departamenti

Text to speech