O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyati shahar-tuman IIBlarida Jinoyat ishlarini tamomlashda protsessual muddatlarni belgilash bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 28 fevral kuni viloyatning Termiz shahar, Termiz, Angor, Boysun, Sherobod, Qiziriq, Bandixon tumani IIB rahbariyati hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib boruvchi sohaviy xizmat xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mansur Sattarov raisligida va Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari-Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid Atanazarov ishtirokida Jinoyat ishlarini tamomlashda protsessual muddatlarni belgilash bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bunda tergovga qadar tekshiruvni yuritish, jinoyatlarni tergov qilish va qisqa muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Shuningdek, bu borada viloyatning qolgan shahar-tumanlarida o‘quv seminarlarini davom ettirilishi, belgilab olindi.

Text to speech