Хorazm viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda.
Joriy yilning 19 noyabr kuni Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Po‘latov tomonidan Yangiariq tumanining “Urganch” va “Yangier” maxallalari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 15 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi bo‘yicha tushuntirishlar berilib joyida qanoatlantirildi.
Shuningdek sayyor qabul doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarga kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishlik bo‘yicha tushuntirishlar ham berildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Po‘latov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti