Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida uchrashuv tashkil qilindi.
Mazkur uchrashuv jarayonida “Korrrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida uchrashuv qizg‘in va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar. Ishtirokchilar mazkur dargoh talabalari tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" shiori bilan talabalar tomonidan yaratilgan sanʼat namunalari bilan tanishishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti