Namangan viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 22 oktabr kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan Uychi tuman Xalq qabulxonasida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolardan jami 17 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 3 tasi bo’yicha tushuntirishlar berildi va 11 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.
Shu bilan birga qabul jarayonida 10 nafar 16 yoshga to’lgan yoshlarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti