Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tumanida sayyor qabul o'tkazildi!
Joriy yilning 06 noyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Rahmatullayev tomonidan Nukus tuman «Toktov» MFY da tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 12 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi qanoatlantirildi, 4 nafar fuqaroning murojaati ijroga qaratilib, nazoratga olindi va 2 ta murojaat bo’yicha tushuntirish berildi.
Shu bilan birga qabul vaqtida 16 yoshga to’lgan 3 nafar fuqarolarga fuqarolik pasportlari va bir nafar shaxsga nogironlik aravachasi topshirildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M.T.Rahmatullayev tomonidan respublikaning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti