O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аndijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan koʼp qavatli uylarning birida yongʼin sodir boʼldi.

Bugun, 04 dekabr kuni soat taxminan 14:00larda Аndijon viloyati Аndijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan koʼp qavatli uylarning birida qoʼlbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yongʼin sodir boʼlgan, yongʼindan uyning 4 ta xonadoni zarar ko'rgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, hodisa sodir boʼlgan joyda 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yoʼq.

Hodisa sodir boʼlgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Mazkur holat yuzasidan qoʼshimcha ravishda maʼlumot beriladi.

Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolarda faqat davlat standartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanishni va gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yoʼqligiga eʼtoborli boʼlishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

-----------------------------------------------

Бугун, 04 декабрь куни соат тахминан 14:00ларда Андижон вилояти Андижон шаҳрининг 2-кичик даҳасида жойлашган кўп қаватли уйларнинг бирида қўлбола усулда тайёрланган газни тортиш мосламасида юзага келган чақнаш натижасида ёнғин содир бўлган, ёнғиндан уйнинг 4 та хонадони зарар кўрган.

Дастлабки маълумотларга кўра, ҳодиса содир бўлган жойда 8 нафар фуқаролар касалхонага мурожаат қилганлар, қурбонлар йўқ.

Ҳодиса содир бўлган жойда тергов-тезкор гуруҳи ишламоқда.

Мазкур ҳолат юзасидан қўшимча равишда маълумот берилади.

Ҳурматли фуқаролар! Шу каби ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида, Сиздан, хонандонингиз ва бошқа биноларда фақат давлат стандартларига жавоб берадиган ускуналардан фойдаланишни ва газ анжомларида газ сизиб чиқиш ҳолатлари бор ёки йўқлигига эътоборли бўлишингизни ҳамда улардан фойдаланишда техника хавфсизлиги қоидаларига риоя қилишингизни сўраймиз.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech