Toshkent viloyati Piskent tumanida sayyor qabul o'tkazildi!
Joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Yo.Isabayev tomonidan Piskent tuman musiqa maktabida Piskent, Bo’ka, O’rtachirchiq tumanlari aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 7 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 4 tasi qanoatlantirildi, 3 nafar fuqaroning murojaati bo’yicha tushuntirish berildi.
Shu bilan birga qabul vaqtida 16 yoshga to’lgan 3 nafar fuqarolarga O’zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari topshirildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari podpolkovnik Yo.Isabayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti