O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Romitan tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasiboshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan 01.04.2021 yilda Romitan tumani Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 10 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar mazmunan tahlil qilinganida: 4 tasi jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni undirilishida amaliy yordam berish, 2 tasi jarima maydoniga joylashtirilgan avtotransport vositalarini chiqarish, 2 ta murojaat jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy yengillik berish, 2 ta murojaat qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bo‘yicha yaqin qarindoshlariga uchrashuv berish masalasida ekanligi aniqlandi. Murojaatlarning 6 tasi joyida hal qilindi, 4 ta murojaat yurituvga olinib, tekshirib ko‘rish maqsadida xodimlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, birinchi marotaba biometrik pasport olayotgan fuqarolarga biometrik pasportlari topshirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech