O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tog‘li hududdagi yong‘in natijasida bir oila kuyishdan jarohatlandi.

Qashqadaryo. 2020 yil 08 yanvar kuni soat taxminan 04:00 larda Shaxrisabz tumani Xitoy mahallasida yashovchi 47 yoshli fuqaro N.B.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda N.B. va uning turmush o‘rtog‘i 38 yoshli G.E., 10 yoshli D.N., 8 yoshli A.N.lar kuyishdan tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, dastlabki ma'lumotga ko‘ra, yong‘in uydagi gilam tagiga tashlangan elektr toki yordamida ishlovchi pol isitgichining qizib ketishi natijasida sodir bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, ob-havo harorati tushib kunlar sovishi munosabati bilan Sizlardan, elektr isitgich, gaz plitasi va boshqa turdagi isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech