Tergov departamentida “O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish: dolzarb aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi o‘tkazildi
Bugun, 24 oktabr kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentida Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish: dolzarb aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi o‘tkazildi.
Mazkur loyihada AQSh Davlat departamentining Giyohvandlikka qarshi kurash va huquqni muhofaza qilishning xalqaro masalalari Byurosi bo‘lim direktori Russell Singer, Byuro katta maslahatchisi James Kallaxan, dasturlar bo‘yicha mutaxassis (INL) Azizbek Yusupov, dasturlar bo‘yicha assistent (INL) Furkat Kayumxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Aziz Erkabayev, “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi direktori Nodira Karimova, direktor o‘rinbosari Shoxida Kasimova, markazning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menedjeri Muattar Ruzibayeva, markaz huquqshunosi Xodjiakbar Isakov, Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mansur Sattarov, bo‘lim boshlig‘i Muxtor Abduraximov, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi Sobirzoda Oripov va Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari vakillari ishtirok etishdi.
Loyiha davomida O‘zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi qonun hujjatlari va ularni ijro etish mexanizmini takomillashtirish hamda bu borada xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, tomonlar bir-birlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Loyiha yakunida odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi.
O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti