O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida fuqarolarni navbatdagi online qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 16 sentyabr kuni vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazilib, unda Surxondaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaat mualliflarining 2 nafari tergov harakatlaridan noroziliklarini, 1 nafari jinoyat natijasida unga yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasida yordam berilishini maʼlum qildilar.

Murojaatlarning 2 tasi qabul davomida ijobiy hal etilib, 1 ta murojaat qo‘shimcha tekshiruv talab qilinganligi sababli ijroga qaratildi.

Tergov departamentida fuqarolarning murojaatlarini videokonferensaloqa rejimida onLine qabul har haftaning juma kunlari o‘tkazilishini va fuqarolar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan taqdirlarida mazkur shaxsiy qabuliga murojaat qilish maqsadida Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A.Toirovning (90) 508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech