O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda

Joriy yilning 28 oktabr kuni Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan Sariosiyo tumani Sharg’un shaharchasida joylashgan “Madaniyat uyi” binosida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 2 tasi qanoatlantirildi, 1 nafar fuqaroning murojaati ijroga qaratilib, nazoratga olindi, 1 ta murojaat bo’yicha huquqiy maslahat berildi va 7 ta murojaat tegishliligi bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar dardini tinglash va ularni qiynab kelayotgan muammolarni qisqa fursat ichida imkon qadar ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech