Surxondaryo viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda.
Joriy yilning 30 oktabr kuni Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan Jarqo’rg’on tumani sanoat kolleji binosida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 4 tasi qanoatlantirildi, 2 nafar fuqarolarning murojaatlari bo’yicha ularga huquqiy maslahatlar berildi va 5 ta murojaat tegishliligi bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar dardini tinglash va ularni qiynab kelayotgan muammolarni qisqa fursat ichida imkon qadar ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti