Sirdaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari advokatlar bilan uchrashdi.
2019 yilning 23 noyabr kuni Sirdaryo viloyat hokimiyatining maʼmuriy binosida, Ichki ishlar organlari, viloyat prokuraturasi va adliya boshqarmasi xodimlari, jinoiy va maʼmuriy ishlar boʼyicha sudyalari hamda advokatlar palatasining advokatlari bilan uchrashuv oʼtqazildi.
Uchrashuv jarayonida advokatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, ish jarayonida kelib chiqayotgan muammolarning yechimi topildi. Shuningdek, kelgusida adolatli va xaqqoniy qaror qabul qilish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.