Toshkent viloyati Toshkent tumanida sayyor qabul o'tkazildi!
Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko’rsatmasiga asosan joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Yo.J.Isabayev tomonidan Toshkent tuman xalq qabulxonasida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 6 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 4 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi, 2 ta murojaat bo’yicha tushuntirish berildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari podpolkovnik Yo.J.Isabayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti