Surxondaryo viloyati IIBda Jinoyat ishlarini tamomlashda protsessual muddatlarni belgilash bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mansur Sattarov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Timur Ismailov, viloyat prokurori Baxtiyar Babadjanov qatnashdi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB sohaviy xizmatlari, Sud-tibbiy ekspertizasi, Sud-narkologiya ekspertizasi, Sud-avtotexnika ekspertizasi masʼullari, shahar-tuman prokurorlari, Ichki ishlar organlari mutasaddilari, tashkilotlarning tumanlardagi vakillari ishtirok etishdi.
Bunda tergovga qadar tekshiruvni yuritish, jinoyatlarni tergov qilish va qisqa muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishini taʼminlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, bu borada viloyatning barcha shahar-tumanlarida o‘quv seminarlarini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilinib, ijroga qaratildi.
Tergov departamenti