O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida sayyor qabul o’tkazildi

Joriy yilning 22 oktabr kuni Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan Uzun tuman Qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji binosida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 9 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 1 tasi qanoatlantirildi, 1 nafar fuqaroning murojaati ijroga qaratilib, nazoratga olindi va 7 ta murojaat tegishliligi bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik K.I.Gaffarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech