Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mansur Sattarov boshchiligidagi qabulda 40 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan 43 ta masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.
Muammolarning 13 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 22 ta masalalarni hal qilish muddat talab qilganligi sababli nazoratga olinib, tegishli sohaviy xizmatlarga topshiriqlar berildi.
Qolaversa, 8 ta murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.