O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Orol mintaqasi masalalari Parlamentlararo ittifoqning Assambleyasining 141-sessiyasida ko‘rib chiqildi

13-17-oktyabr kunlari Belgrad shahrida Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 141-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida jahonning 149 ta mamlakatidan 700 dan ziyod parlament a’zolari ishtirok etdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Senator Oral Ataniyazova Oral Ataniyazova Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining sessiyasi doirasida o‘tkazilgan ayollar forumi ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva nomidan qutladi. Uning “O‘zbekistonning gender tengligi va salomatligi bo‘yicha siyosati” mavzusidagi ma’ruzasi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, senator Parlament a’zolari-ayollar kongressini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirdi.

Shuningdek, mamlakatimiz parlament delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning Salomatlik bo‘yicha ishchi guruhi 23-sessiyasida ham qatnashdi. 2030 yilga kelib aholini sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish masalasi muhokamasi anjumanning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Shu maqsadda Parlamentlararo ittifoqning “2030 yilga kelib aholini sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish maqsadiga erishish: salomatlikka oid huquqni ta’minlashda parlamentlarning roli” rezolyutsiyasi tayyorlandi. Sessiya doirasida 5 milliondan ziyod xotin-qiz va bolalar yashaydigan hamda jahonning eng ekologik tang mintaqalaridan biri sifatida e’tirof etilgan Orol mintaqasi muammolarini hal etish masalalarini ham Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyasiga kiritish taklifi ilgari surildi.

Text to speech