O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xalqaro mehnat tashkiloti vakili bilan uchrashuv

2019-yil 14-oktyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasining bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup boshchilidagi Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Uchrashuvda tomonlar majburiy mehnatning oldini olish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini, shuningdek joriy yilda tegishli monitoring olib borish jarayonini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha bir qator huquqiy va tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu dolzarb va o‘ta muhim masala respublika rahbariyatining doimiy nazorati ostida turibdi. Masalan, 2013-yildan boshlab XMT metodologiyasi bo‘yicha va uning ekspertlari bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida majburiy mehnatdan foydalanish ustidan monitoring o‘tkazilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar mehnat standartlariga rioya qilish, shuningdek majburiy mehnat xavflariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib oldi.

Text to speech