“AVTO 60 OY” MChJning jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ko‘rsatmasiga asosan, “AVTO 60 OY” MChJga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha jamiyatning jinoiy faoliyati Respublika miqyosida keng qamrovli ekanligini inobatga olib, olis joylarda yashovchi jabrlanuvchilarni ham tergovning olib borilishi va uning natijalaridan xabardor qilib borish maqsadida, quyi turuvchi tergov bo‘linmalari tomonidan jamiyatning rahbarlari va respublikaning boshqa viloyatlaridagi filiallarining jinoiy faoliyatidan jabr ko‘rganlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
2020 yilning 02-03 mart kunlari Jizzax, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi jabrlanuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida viloyat Tergov boshqarmalari tomonidan jabrlanuvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar va huquqiy maslahatlar berildi.
Sirdaryo viloyati.
Surxandaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati.
Jizzax viloyati.
Buxoro viloyati.
Andijon viloyati.
Farg‘ona viloyati.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti