O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo’zatov tumanida sayyor qabul o'tkazildi!

Joriy yilning 15 noyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Rahmatullayev tomonidan Bo’zatov tuman musiqali teatr binosida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 10 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 5 tasi qanoatlantirildi, 3 nafar fuqaroning murojaati ijroga qaratilib, nazoratga olindi va 2 ta murojaat bo’yicha tushuntirish berildi.

Shu bilan birga qabul vaqtida murojaat etgan kam ta’minlangan oila vakili S.T.ning uyining tom qismi Tergov boshqarmasi tomonidan qilingan hayriya natijasida shifer qilinishi boshlandi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M.T.Rahmatullayev tomonidan respublikaning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech