O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda avtomashinada gaz baloni portlashi yuz berdi, qurbonlar bor

Buxoro. 2020 yilning 20 mart kuni soat 17:20 da haydovchi 50 yoshli I.N., oʼzining boshqaruvidagi "Nexia-3 Ravon" avtomashinasida Buxoro shahar А-380 yoʼlining 222 kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtida avtomashina orqa yukxonasida oʼrnatilgan "metan" gaz balon portlagan.

Portlash natijasida avtomashina orqa oʼrindigʼida oʼtirgan 50 yoshli L.S., hodisa joyida, 24 yoshli А.U., va voyaga yetmagan 3 yoshli А., koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etganlar. Аvtomashina haydovchisi I.N., va oldi oʼrindiqda oʼtirgan yoʼlovchi 27 yoshli B.U.,larga yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda tergov-tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, portlash sabablari oʼrganilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech