Tergov departamenti tergovchisi Osiyo va Jahon chempionatlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 28-29 sentabr kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba Buxoro shahrida Shinkyokushinkai karate sport turi bo‘yicha bolalar, o’smirlar va kattalar o’rtasida 1-Xalqaro “Amir Temur” kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Rossiya Federatsiyasidan jami 156 nafar sportchilar ishtirok etgan mazkur chempionatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi Ulug‘bek Hamdamov 75-85 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilib, musobaqa yakunlariga ko‘ra faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal, kubok va diplom bilan taqdirlandi hamda Osiyo va Jahon chempionatlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Hamkasbimiz Ulug‘bek Hamdamovga keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti