Navoiy viloyati Xatirchi tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 14 sentyabr kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Xatirchi tumani Madaniyat markazi binosida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 12 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi va 2 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti