O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Faol xodimlar rag‘batlantirildi

Inson qaysi sohada ishlamasin, e’tibor va rag‘batga hamisha ehtiyoj sezadi. O‘z o‘rnida ko‘rsatilgan rag‘bat esa har qanday kishini ruhlantiradi, ish unumdorligini oshiradi, yangi yutuqlar sari ilhomlantiradi.

Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida ham faol xodimlarni rag‘batlantirib borish yaxshi an’anaga aylangan. Unga asosan, ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida joriy yilning 9 oyi davomida yaxshi ko‘rsatkichga erishgan jamoalar, tergovchi va surishtiruvchilar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Jumladan, ijrochilik intizomi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi jamoasi eng yaxshi tergov bo‘limi deb topildi. Jamoaga boshqarmaning faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘a topshirildi.

– Bu e’tibor va rag‘bat kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shadi, – deydi bo‘lim boshlig‘i, mayor X.Ahmadjonov. – Kelgusida hamjihatlikni yanada mustahkamlab, tergov va surishtiruv ishlarini sifat jihatidan oshirishga astoydil harakat qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech