O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi doirasida senatorlar ishni “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilishdan boshladilar. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Ta’kidlanganidek, Qonunda bank faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish, bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarini nazorat qilish, jumladan va tavakkalchiliklarni boshqarishga doir talablar belgilangan. Jumladan, banklarning ustav kapitali miqdori 100 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Qonun bilan bankni tashkil etish, banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun dastlabki ruxsat berish, bank faoliyatiga litsenziyalar berish, investorlar tomonidan bank aktsiyalarini Markaziy bank roziligisiz xarid qilish tartibi takomillashtirilmoqda. Shuningdek banklararo operatsiyalar, banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar, kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, shuningdek kreditlar qaytarilishini ta’minlash tartibga solinmoqda. Moliyaviy muassasalar tegishli xizmatlar ko‘rsatish, axborot taqdim etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va monopoliyaga qarshi qoidalarga banklar rioya etishini nazorat qilish orqali bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek Qonun bilan prudentsial nazorat mexanizmi joriy etilmoqda. U tegishli normativlar, banklarning moliyaviy holatini tiklash rejasi, o‘zaro bog‘liq shaxslar bilan bitimlar tuzishni tartibga solish, banklarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish uchun vaqtinchalik boshqaruvini tayinlash, bank tavakkalchiliklari paydo bo‘lganda ularni erta aniqlash va bank faoliyatining barrqarorligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, banklarda hisob, hisobdorlik va auditorlik tekshiruvi to‘g‘risidagi normalar kiritilmoqda, u buxgalteriya hisobi yuritishni, moliyaviy muassasalar hisobdorligini, bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlashni, banklarning auditorlik tekshiruvini va auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi tegishli tashkilotga qo‘yilgan talablarni o‘z ichiga oladi.

Parlament a’zolari Qonun qabul qilinishi omonachilar va bank xizmatchilaridan boshqa foydalanuvchilar huquq hamda manfaatlarini hisobga olgan holda banklar barqarorligini ta’minlash va ular o‘rtasida samarali raqobat muhitini yaratishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Text to speech