Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Surxondaryo viloyatida tergov xodimlari bilan uchrashib, muammolarini o‘rganib, tergov sifatini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilamoqda
Vazir o‘rinbosari R.Ashropov Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 27 yanvar kuni Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha namunali amaliyotni yaratish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tergov sifatini oshirish va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyatida bo‘lib, tergovchi va surishtiruvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, muammolarini o‘rganmoqda.
Xususan, viloyatning har bir shahar-tumanida xizmat olib borayotgan tergovchilar bilan suhbatlashib, yurituvidagi jinoyat ishlari va tergovga qadar tekshiruv hujjatlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish ahvolini o‘rganmoqda hamda sohada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, amaliyotdagi mavjud muammoli masalalarni muhokama qilib, tergov sifatini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, IIOlarida navbatchilik qismlari faoliyati, “Ye-material” axborot tizimida qayd etilgan jinoyatga oid xabarlarni qonuniy hal etilishi hamda “So‘rovxona”larda suhbat o‘tkazish amaliyotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganilib, sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tergov sifatini yana-da yaxshilash, protsessual muddatlarga rioya etish, tergovga qadar tekshiruv hujjatlari yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining barcha vajlarini tergov yo‘li bilan har tomonlama tekshirish, o‘z vaqtida xabarnomalar yuborish, dalillarni o‘z vaqtida olinishi, rasmiylashtirilishida protsessual qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning dastlabki tergov davrida undirilishiga qaratilgan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish, tergovchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. O‘rganishlar davom etmoqda.
Tergov departamenti