Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi
Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i fuqarolar bilan muloqot qildi. Qabulda 11 nafar fuqaro tergovchi va surishtiruvchilar ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari, jinoyat ishlari bo‘yicha murojaat qilishdi. Shuningdek, qonunbuzarga chora ko‘rish, pullari va qarzlarini undirish, qonunbuzarni javobgarlikka tortish kabi masalalarga ham yechim izlandi. Ko‘tarilgan har bir masala mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti