Joriy yilning 16-19 iyunь kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari tomonidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi hududida sayyor qabullar oʼtkazildi
Qabul jarayonida virtual va xalq qabulxonalariga murojaat qilgan hamda sayyor qabullar haqida ommaviy axborot vositalaridan shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali habar topgan 86 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot oʼtkazildi.
Qabulda muammolarning 32 tasi joyida ijobiy hal etilib, 22 tasi boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 32 ta murojaatlarni koʼrib chiqilishi nazoratga olindi.
Jumladan ijtimoiy koʼmak sohasi boʼyicha:
Beruniy tumanidagi fuqaroga nogironlik aravachasi va 4 nafar fuqarolarning har biriga 1 tadan koʼy hamda 1 qopdan guruch berildi;
- Chimboy tumanidagi ehtiyojmand bir qancha fuqarolarning holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi;
- Nukus tumanidagi ikki nafar fuqaroga nogironlik aravachalari va oziq-ovqat maxsulotlari topshirildi. Shu bilan birga tumanning Kerder OFYda yashovchi fuqaroga 1 dona “Noutbuk” kompьyuteri sovgʼa qilindi;
- Moʼynoq tumanida yashovchi kam taʼminlangan fuqarolarning xolidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat maxsulotlari topshirildi;
- Buzatov tumanida yashovchi yana bir fuqaroga 1 dona mikrotoʼlqinli pech topshirildi.