O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bilasizmi !?

Dunyoning ayrim burchaklarida kaptar boqish va kartoshka saqlash, pushti shim kiyish va saqich chaynash, qorli odam yasash va komikslar o‘qishga oid taqiqlar mavjud. Turli mamlakatlarning g‘ayriodatiy va qiziqarli qonunlari bizning ruknimizda.

Misol uchun Italiya dunyo mamlakatlari orasida kulgili taqiqlari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Ulardan eng mashhurlaridan biri - Avliyo Mark maydonida kaptarlarni boqish taqiqlanadi. Sababi oddiy: qushlar yodgorliklarni buzishadi va kasallik tarqatadi deb hisoblanadi. Jarima qariyb 600 dollar. Venetsiya va Florensiyada ham kaptarlarni non ushog‘i bilan boqish taqiqlanadi, mahalliy hokimiyat tarixiy jabhalarni qadrlaydi.

Qizig‘i shundaki, Italiyaning boshqa shaharlarida ham qonun ijod qilish jarayoni avjida. Eraklida qumli qasrlar qurish mumkin emas, go‘yoki bu qirg‘oq bo‘ylab yurganlarga xalaqit berar ekan. Venetsiya plyajlarida chig‘anoqlarni yig‘ish taqiqlanadi (jarima - 25 dan 250 yevrogacha). Kaprida yog‘och poyabzal kiyishga ruxsat berilmaydi, chunki ular baland ovoz chiqarar ekan. Ebolida esa mashinada bo‘sa olayotganingizni ko‘rib qolishsa, 500 yevro jarima to‘lashingiz kerak.

(Ammo, bu bemaʼnilik Dubay va Indoneziyada bo‘sa olishni solishtirganda hech narsa emas, sababi u yerda siz nafaqat jarima, balki o‘zingizning erkinligingizni ham to‘lashingiz mumkin).

Text to speech