Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida navbatdagi videoselektor tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
Joriy qilning 1 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida navbatdagi videoselektor tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil qilingan o‘quv-seminarda “Nomusga tegish jinoyatini tergov qilish xususiyatlari” mavzusi ishtirokchilariga atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, tanqidiy ruhda o‘tkazilgan o‘quv-seminarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklarga to‘xtalib o‘tildi va yakunda ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti