O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tavallud ayyomingiz muborak boʼlsin

Hurmatli Ochil Shaymardоnovich,

Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti hamda tergov boʼlinmalari shaxsiy tarkibi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklab, samimiy hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Xalqimiz uchun muqaddas va bebaho boʼlgan tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashda koʼpni koʼrgan insonlar, keksa avlod vakillarining ustozlarcha maslahat va yoʼl-yoʼriqlari gʼoyat qimmatlidir. Biz Sizni koʼp yillar sohada samarali mehnat qilgan, boy xizmat va hayot tajribasiga ega, ichki ishlar organlari xodimlarining salohiyatini oshirishga, jamoatchilik oldidagi obroʼ va hurmatini yanada yuksaltirishga munosib ulush qoʼshib kelgan fidoyi insonlardan biri sifatida bilamiz va qadrlaymiz.

Bugungi kunda nafaqada boʼlishingizga qaramasdan yurtimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash, oʼtkazilayotgan islohotlarni jadallashtirish hamda yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifalarni bajarishda gʼamxoʼr ustoz va tajribali murabbiy sifatida namuna boʼlib kelmoqdasiz.

Sizning koʼplab shogirdlaringiz respublika ichki ishlar organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasida bor bilim hamda kuch-gʼayratini safarbar etib kelmoqdalar.

Hurmatli  Ochil Shaymardоnovich!

Bugungi tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etib, ushbu quvonchli kunda Sizga sihat-salomatlik, uzoq-umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va xonadoningizga fayzu-baraka tilaymiz.

 

Hurmat bilan,

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech