Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tavallud ayyomingiz muborak boʼlsin

Hurmatli SНOKIR BOTIROVICh,

Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti hamda tergov boʼlinmalari shaxsiy tarkibi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklab, samimiy hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Xalqimiz uchun muqaddas va bebaho boʼlgan tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashda koʼpni koʼrgan insonlar, keksa avlod vakillarining ustozlarcha maslahat va yoʼl-yoʼriqlari gʼoyat qimmatlidir. Biz Sizni koʼp yillar sohada samarali mehnat qilgan, boy xizmat va hayot tajribasiga ega, ichki ishlar organlari xodimlarining salohiyatini oshirishga, jamoatchilik oldidagi obroʼ va hurmatini yanada yuksaltirishga munosib ulush qoʼshib kelgan fidoyi insonlardan biri sifatida bilamiz va qadrlaymiz.

Xizmat faoliyati davomida Tergov boʼlimi boshligʼi, ichki ishlar boʼlimi boshligʼi va IIV Tergov bosh boshqarmasi boshligʼi birinchi oʼrinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib orttirgan boy tajribalaringiz bilan bugungi kunda IIV Аkademiyasida yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifalarni bajarishda gʼamxoʼr ustoz va tajribali murabbiy sifatida namuna boʼlib kelmoqdasiz.

Sizning koʼplab shogirdlaringiz respublika ichki ishlar organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasida bor bilim hamda kuch-gʼayratini safarbar etib kelmoqdalar.

Hurmatli SНOKIR BOTIROVICh!

Bugungi tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etib, ushbu quvonchli kunda Sizga sihat-salomatlik, uzoq-umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va xonadoningizga fayzu-baraka tilaymiz.

 Hurmat bilan,

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech